So’nggi yangiliklar

19:02Конор Макгрегор Хабиб Нурмагомедовни танқид қилди 0 18:36Машрабжон Рўзибоевнинг кейинги рақиби UFC собиқ жангчиси бўлади 0 17:502029 йилги Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати Мексикада ўтиши мумкин — FMF 0 17:19Макгрегор Ислам Махачевни Хабиб Нурмагомедовдан юқори баҳолади 0 16:452030 йилги қишки Олимпия ўйинлари дастуридаги ўзгариш эълон қилинди 0 16:18Рамазон Темиров Эрцегга қарши жанг олдидан Таиланддаги йиғинни якунлади (ФОТО) 0 15:52Моуринью "Реал"га керак бўлмаган ярим ҳимоячини аниқлади 0 15:10"Анча ёпиқ тарзда ишладик". Макгрегор Холлоуэйга қарши жанг учун тайёргарлик ҳақида гапирди 0 14:28Анвар Анваров Финляндиядаги халқаро мусобақада зафар қучди 0 13:41"Ҳурматсизлик қилишни камайтир, омадсиз". Макгрегор Гэтжининг чақирувига жавоб берди 0 13:17Неймарга 10 кун вақт берилди 0 12:43Олимпиада чемпиони Данияр Елеусинов Астанада маст ҳолатда қўлга олинди 0 12:09"У менга нима таклиф бера олади?" Макгрегор — Шавкат Раҳмонов билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 11:00Россиянинг халқаро спортга қайтиши: Ўзбекистон учун бу нимани англатади? (мутолаа учун) 0 10:33Англия термасининг тўрт ўйинчиси Норвегия билан учрашув олдидан жамоавий машғулотни ўтказиб юборди 0

29 avg 19:50
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Slovakiyada yig'in o'tkazmoqda

15 sentyabrda boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Slovakiyada olib bormoqda.

Ushbu yig'in 28 avgust kuni boshlandi va 3 sentyabrgacha davom etadi. Mashg'ulotlar Slovakiyaning Miyava shahrida olib borilyapti. Bir haftalik yig'in davomida Temur Olimxo'jaev shogirdlari Slovakiya o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yinlarning dastlabkisi 30 avgust kuni o'tkazilsa, ikkinchi o'yin 1 sentyabr kuniga rejalashtirilgan.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 sentyabrda Slovakiya yig'inidan qaytib, bir hafta Toshkentda mashg'ulot o'tkazadi. 9 sentyabr kuni musobaqa o'tkaziladigan Hindistonning Goa shahriga yo'l oladi. Turnir oldidan Goada Avstraliya o'smirlari bilan o'rtoqlik ucharashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichida KXDR, Tailand hamda Yaman o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Slovakiyadagi yig'inda ishtirok etayotgan O'zbekiston U-16 tarkibi:

Darvozabonlar: Jasur Umrzoqov, Abduvohid Nematov

Himoyachilar: Mardon Abdullaev, SHoxzamon Xayrullaev, Ixtiyor Xoldorov, Islom Karimov, Muhammadali Nomozov, Burxon Hasanov, Abubakr Mo'ydinov

Yarim himoyachilar: Asadbek Sobirjonov, Rasul Yo'ldoshev, Oston O'runov, Baxromjon Soatov, G'ayrat Azizxo'jaev, Abdug'ani Kamolov

Hujumchilar: Doniyor Abdumannopov, Ibrohim G'anixonov, SHuxrat Nematov 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing