So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

26 iyu 08:10
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ummonni yirik hisobda mag'lub etdi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda Ummon o'smirlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

“Jar” stadionida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvning dastlabki daqiqalari ummonliklarning faolligi ostida o'tdi va ikkinchi daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

SHundan so'ng o'yindagi tashabbus to'laligicha Temur Olixo'jaev murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasiga o'tdi. Birinchi bo'limda gollar kiritish uchun ko'plab qulay vaziyatlar yaratilganiga qaramay, Ummon darvozasini ishg'ol qilish uddalanmadi.


Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlarni gollarga aylantirish borasida O'zbekiston o'smirlarida vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi. 52-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni Ixtiyor Xoldorov bosh bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 68-daqiqada Baxrom Soatovning kuchli va aniq zarbasi O'zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

74-daqiqada esa ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan SHuxrat Nematov himoyachilar va darvozabonni aldab o'tib, hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.

O'yinning 85-daqiqasi o'tib borayotganda esa Abubakr Mo'ydinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi hisobning yirik ko'rinish olishiga sababchi bo'ldi – 4:1. 27 iyul kuni ushbu jamoalar o'rtasida yana bir uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin “Jar” stadionida, 18:00da boshlanadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

25.07.2016, “Jar” stadioni, Toshkent.

O'zbekiston U-16 – Ummon U-16 4:1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing