18 avg 14:10
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston o'smirlar termasining Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bekor qilindi
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Qatar U-16 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgandi.
Mazkur uchrashuvlar 19 va 21 avgust kunlari bo'lib o'tishi kerak edi.
Tashkilotchi tomon – Qatar futbol associaciyasi rejalari o'zgargani haqida
malum qildi. SHu sababli, O'zbekiston o'smirlar termasi Qatarga yo'l
olmadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar termasi 2018 yilgi
U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorlanmoqda. Saralash bosqichi
shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod
shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar