14 fev 10:24
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston OTJ Ispaniyaga jo'nab ketdi
Malumki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan edi.
Bugun erta tongda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz azolari yig'inni davom ettirish uchun Ispaniyaga yo'l olishdi.
San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig'in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi o'yin o'tkazishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
16 fevral
O'zbekiston OTJ - "VSG Vattens"
19 fevral
O'zbekiston OTJ - "Real Mursiya A"
21 fevral
O'zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar