So’nggi yangiliklar

11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0

09 sen 09:02
Yangiliklar

Paralimpiya

O'zbekiston paralimpiyachilari ham Olimpiadachilarimiz singari 13-o'rinni egallashdi (Barcha malumotlar + to'liq jadval)

28 avgustdan 8 sentyabrga qadar Parij shahri mezbonligida o'tgan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari ham tarix sahifalaridan joy oldi.

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida dunyoning 182 davlatidan jami 4400 nafar matonatli atletlar 549 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi. Ular orasida O'zbekiston paralimpiya terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etib, tarixiy natijaga erishdi.  

O'zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 26 ta medal bilan Parij-2024 Paralimpiya o'yinlarida umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi. Bitta oltin medal bo'lganida 11-o'rinni band etar edik. Bitta kumush olinganida musobaqani 12-pog'onada yakunlardik. Biz singari 10 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 12-o'rini qo'lga kiritdi. Germaniya esa 10 ta oltin, 14 ta kumush, 25 ta bronza medali bilan 11-pog'onadan joy oldi. 

Etiborga molik jihati shundaki, bir muddat avval Parij Olimpiadasida ham sportchilarimiz 13-pog'onadan joy olishgan edi. Paralimpiyachilarimiz ham bu borada jahonning 13-terma jamoasi bo'lishdi. O'zbekiston Parij-2024 paralimpiya o'yinlarida Osiyo davlatlari orasidi Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida Ukrainadan keyin ikkinchi, Turkiy hamda musulmon davlatlari orasida esa birinchi o'rinni egalladi.  

Medallar jamg'arish bo'yicha kutilganidek, Xitoy Xalq Respublikasiga yaqin yo'laydigan davlat topilmadi. CHin yurti vakillari 94 ta oltin, 76 ta kumush, 50 ta bronza, jami 220 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik 1-o'rinni egallashdi. Buyuk Britaniya paralimpiyachilari 49 ta oltin, 44 ta kumush, 31 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallashgan bo'lsa, AQSH sportchilari 36 ta oltin, 42 ta kumush, 27 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. Niderlandiya delegaciyasi 27 ta oltin, 17 ta kumush, 12 ta bronza medali to'rtinchi pog'onadan joy oldi.  

Bizdan avvalgi o'rinlarni Kanada, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Franciya, Ukraina, Italiya va Braziliya terma jamoalari band etdi. Jami 67 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bo'ldi. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 85 tani tashkil etdi. Navbatdagi yozgi Paralimpiya o'yinlari 2028 yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing