So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

10 okt 18:48
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekiston Paraosiyo o'yinlarida o'z rekordini yangiladi!

Teglar :  ParaOsiyo
Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'yinlarning to'rtinchi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Bugun sportchilarimiz tomonidan 15 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.

Bugungi sovrindorlarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Oltin:

Vasila Aliboeva (dzyudo)
SHirin SHaripov (dzyudo)
Temurbek Giyazov (engil atletika)
Bobirjon Omonov (engil atletika)
Mansur Abdirashidov (engil atletika)
Firdavsbek Musabekov (suzish)
Fotimaxon Amilova (suzish

Kumush:

SHuhrat Boboev (dzyudo)
SHohsanamxon Toshpo'latova (suzish)
Mohigul Hamdamova (engil atletika)

Bronza:

SHarif Halilov (dzyudo)
Feruzaxon Yusupova (dzyudo)
Sabina Suxanova (engil atletika)
Islam Aslanov (suzish)
Nigoraxon Mirzohidova (suzish)

SHu tariqa, o'yinlarning to'rtinchi kunidan so'ng hisobimizdagi medallar soni 47 taga etdi. Vakillarimiz tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qo'lga kiritilgan. Medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa xisobida Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan so'ng to'rtinchi o'rinni egallab turibmiz.

Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali O'zbekiston Paraosiyo o'yinlaridagi rekordni yangiladi. To'rt yil avval Incheonda o'tkazilgan Paraosiyo o'yinlarida sportchilarimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan edilar. Hali o'yinlar yakunlanishiga ikki kun borligini inobatga oladigan bo'lsak, bu ko'rsatkich yanada yaxshilanishi aniq.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasini muborakbod etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
11 okt 08:41:26
Shahzod Xojayli
Uzb para alimpiyachilari RECORD Qoyishdi chunki ular adashmasam 38 kishi va 47 medalni qolga kiritishdi tarixda xali bunaqasi bolmagan bolsa kerak ishtirokchilar sonidanam kopiroq medal yig'gan terma jamoa
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing