So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

12 okt 19:54
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekiston Paraosiyo o'yinlarini 77ta medal bilan yakunladi!

Teglar :  ParaOsiyo
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari O'zbekiston sport delegaciyasi uchun nihoyasiga etdi.

12 oktyabr yakunlariga ko'ra hamyurtlarimiz tomonidan 77 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 35tasi oltin, 24tasi kumush va 18ta bronza medallaridir. Medallar sifati bo'yicha umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallab turibmiz.Qayd etish lozimki, musobaqa davomida bir qator yo'nalishlar bo'yicha O'zbekiston o'z chempionlarini Osiyoga ko'z-ko'z qildi. Olib borilgan selekciya ishlari samarasi o'laroq, mazkur Paraosiyo o'yinlarida yangi nomlar, yangi chempionlar kashf etildi. Hususan, engil atletikaning bir qator yo'nalishlari, jumladan, balandlikka sakrash (erkaklar, oyoq amputaciyasi) bo'yicha Temur Giyazov, uzunlikka sakrash (ayollar, qo'l amputaciyasi) bo'yicha Kamola Abdullaeva, nayza uloqtirish (ayollar, qo'l amputaciyasi) Roziya Ergasheva, yadro uloqtirish (bo'yi 140sm dan past bo'lgan sportchilar) bahslarida Bobur Omonovlarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan sportchilarimiz shu kungacha mazkur yo'nalishlarda Xitoy va Yaponiya mamlakatlari gegemoniyasiga chek qo'ya olishdi. Malumot uchun, terma jamoamiz sportchilarining asosiy qismi viloyatlardan, chekka-chekka qishloqlardan saralab olingan.

Bahslar davomida Husniddin Norbekov o'zi uchun yangi yo'nalish hisoblangan yadro uloqtirishda jahon rekordini o'rnatdi. Bungacha rekord 2008 yilgi Paralimpiya o'yinlarida qayd etilgandi. SHuningdek, mazkur Paraosiyo o'yinlarida vatandoshlarimiz uchun yoqimli bo'lgan holat kuzatildi. Yani, to'rt marotaba shohsupada faqat O'zbekiston bayrog'i ko'tarildi. Suzish bahslarida to'rtta yo'nalishda faqat o'zbekistonlik sportchilar medallarga ega chiqishdi.

Taqqoslash uchun, to'rt yil oldin Incheonda bo'lib o'tgan Paraosiyo o'yinlarida hamyurtlarimiz 22ta oltin, 5ta kumush va 4ta bronza, umumiy hisobda esa 31ta medal qo'lga kiritgandilar. Bu safar esa Paraosiyo o'yinlaridagi rekordlarimiz mutloq yangilandi va O'zbekiston uchun eng yaxshisi bo'lib tarixga kirdi.

Ertaga musobaqaning so'nggi kunida badminton, velosport va basketbol bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi. Sportning ushbu turlarida o'zbekistonlik sportchilar ishtirok etishmaydi.




Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
12 okt 20:10:10
&livbar&
Ajoyib natija sportchilarimizga katta rahmat shunday jasorat uchun, ayniqsa suzuvchilarimiz haqiqiy qahramonlik ko'rsatishdi.
   
13 okt 09:54:34
я узбек
Shahzod Xojayli foydalanuvchining fikriga javob berish
Xitoy 56 Iron 27 Indoneyziya 13 Uzbekiston 14 yengil atletikada jamoalar shuncha oltin olishgan ozi yengil atletikada nechta yonalish bor ekan a.a.a.??? Yengil atletikadan 3-4ta oltin ogan jamoalarni men qoshmadim xali. Menimcha yengil atletikada 150-ta oltin 150-ta kumush 150-ta bronza medallari oynalsa kerak
Bu paraosiya ku unda har xil yònalishlar bor qöli yoq bir grux oyoq 2 kòzi kòrmaydiganlar 3 va yana 5 6 ta yonalishlar har bir sport turida yengil atletikada 10 ta sport turi bolsa har birida 10 ta yonalish bor ayol larda 10 ta erkaklarda 10 ta buni hsoblasak medallar soni ancha kop boladi
   
13 okt 09:26:37
Shahzod Xojayli
Xitoy 56 Iron 27 Indoneyziya 13 Uzbekiston 14 yengil atletikada jamoalar shuncha oltin olishgan ozi yengil atletikada nechta yonalish bor ekan a.a.a.??? Yengil atletikadan 3-4ta oltin ogan jamoalarni men qoshmadim xali. Menimcha yengil atletikada 150-ta oltin 150-ta kumush 150-ta bronza medallari oynalsa kerak
   
13 okt 09:10:32
Shahzod Xojayli
6-o'ringga tushub kettik Indoneyziya bizni quvib otti ular xisobida 130-ta medal bor
   
13 okt 08:59:27
Shahzod Xojayli
Shunchaki tasano tarifga til ojiz xammaga katta raxmat
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing