26 mar 11:50
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - Qatar. Ikkala jamoada bittadan yo'qotish bor
28 mart kuni JCH-2018 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev sariq kartochkalari ikkitaga etgani bois maydonga tusha olmaydi.
Qatar safida ham bitta shunday yo'qotish bor. Bualem Xuxi Eron bilan bahsda ogohlantirish oldi va bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Xuxi o'tgan yil sentyabr oyida O'zbekiston bilan bahsda ham sariq kartochka olgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qatar uchrashuvi 28 mart kuni soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar