So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

05 noy 14:10
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi SPORT telekanalida jonli namoyish etiladi

Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Oldinroq terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov mazkur bahs TV namoyish etilmasligini saytimizga malum qilgan edi. Bunday qarorga nima uchun kelingani ham aytilgandi.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi anjumanlar zalida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Futbol associaciyasi mutasaddilari ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Vadim Abramov ham ishtirok etdi hamda bu boradagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Qirg'iziston bilan bahs o'rtoqlik bo'lgani uchun stadion to'lmaydi deb o'yladik va muxlislar bilan to'lgan tribunalar qarshisida o'ynash istagida biz TV orqali translyaciya qilinmasligini istagandik. Bu oddiy taklif edi, biz futbolimiz ixlosmandlari stadionga kelishlarini xohlaganimiz uchun shunday degandik. SHu bilan birga, bo'lajak raqib Saudiya Arabistoniga "syurpriz" tayyorlashimiz mumkin edi. Mayli, agar MTRK istasa, Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvini translyaciya qilishlari mumkin, biz tomondan hech qanday qarshilik yo'q", - deydi terma jamoa ustozi Vadim Abramov.

Bugun SPORT telekanali bosh direktori Zohid Karimov tvitterdagi o'z sahifasida O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi jonli namoyish etilishi haqida xabar qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qirg'iziston o'rtasidagi bahs 9 noyabr kuni soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing