17 apr 17:30
Yangiliklar
Xokkey

O'zbekiston raqibini 25 ta shayba farqi bilan mag'lub etdi
O'zi uchun tarixiy Jahon chempionatida ishtirok etayotgan xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi divizion sari katta qadam tashladi.
Asosiy raqib Armaniston kutilmaganda Quvaytga yutqazib qo'yib, terma jamoamizga imkoniyatni qaytarib bergandi. Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda xokkeychilarimiz Indoneziya terma jamoasini o'ta yirik 26:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. To'plar nisbati 61:7!
Armaniston poytaxti Erevan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining IV divizionida qatnashayotgan terma jamoamizni yana bitta uchrashuv kutib turibdi. Ertadan keyin vakillarimiz Malayziya terma jamoasiga qarshi muzga chiqishadi. Ushbu o'yindagi g'alaba jamoamizni jahon chempionatining III B divizioniga olib chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar