So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 avg 08:11
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yil 9 aprelda “O'zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorga imzo chekdi.

Mazkur hujjat yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat bo'yicha milliy terma jamoaning amaldagi azolari bilan doimiy aloqani taminlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql vatafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida qabul qilingani bilan ahamiyatlidir. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat bo'yicha milliy terma jamoaning amaldagi azolari bilan doimiy aloqani taminlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql va tafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasining:

majburiy maktab dasturlari doirasida ilovaga muvofiq 150 ta umumiy o'rta talim maktablarining o'quvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga o'qitishni tashkil qilish;

SHaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabini O'zbekiston shaxmat federaciyasi tasarrufiga berish;

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o'qitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari (keyingi o'rinlarda shaxmat klublari deb yuritiladi) O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda majburiy akkreditaciyadan o'tkazilishi tartibini belgilash;

shaxmat klublari tomonidan o'zlarining faoliyatlari haqida har chorakda O'zbekiston shaxmat federaciyasiga hisobotlar taqdim qilish mexanizmini joriy etish to'g'risidagi takliflari qabul qilinsin.

2. O'zbekiston shaxmat federaciyasiga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:

shaxmat klublarini akkreditaciyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni;

respublikadagi barcha umumiy o'rta talim maktablarida shaxmatga o'qitishni bosqichma-bosqich qamrab olish, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy o'rta talim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini;

shaxmat klublari faoliyati to'g'risidagi hisobotlar shaklini tasdiqlash tavsiya etilsin.

3. Belgilansinki:

SHaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi o'z faoliyatini to'liq o'zini o'zi moliyalashtirish asosida olib boradi, xo'jalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi;

SHaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyatini moliyalashtirish uning o'z mablag'lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag'lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

4. O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi O'zbekiston shaxmat federaciyasi bilan birgalikda 2018 yil 20 avgustga qadar umumiy o'rta talim maktablarida shaxmatga o'qitish bo'yicha talim dasturlarini tasdiqlasin.

5. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston shaxmat federaciyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

barcha shaxmat klublarining pasportlashtirishdan o'tkazilishini taminlasin;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o'rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                    SH.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2018 yil 9 avgust

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing