06 sen 23:10
Yangiliklar

O'zbekiston safarda Qatarni mag'lub etdi va guruh peshqadami bo'lib oldi
Uchrashuv qatarliklarning tezkor hujumlari bilan boshlandi. 4-daqiqada Akram Afif chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoniga to'p uzatdi, Soriya to'pga teginib qo'ydi, darvoza yonidan o'tib ketdi. 8-daqiqada Abdulkarim Hassan endi chap qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga to'p uzatdi, Lobanov to'pni ushlab oldi.
22-daqiqada Qatarning tezkor qarshi hujumi, Soriyaning jarima maydoniga uzatgan to'pini Muhammad Musa boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. 42-daqiqada Soriya boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
85-daqiqada Geynrix o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, Egor Krimec boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1. Ushbu tarixiy g'alabadan so'ng terma jamoamiz 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi.
QATAR – O'ZBEKISTON 0:1
6 sentyabr 2016. Doha. “Al Sadd” stadioni.
Gol: Egor Krimec 85, - 0:1
Qatar: Umar Barri, Muhammad Musa, Abdulkarim Hassan (Pedro Migel, 80), Ahmad Al Sayid, Rodrigo Tabata (Ali Asadalla, 62), Hassan Al Haydos (Ismoil Muhammad, 71), Akram Afif, Bualim Xuxi, Ahmad Yosir, Karim Budiaf, Sebastyan Soriya.
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Otabek SHukurov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Javohir Sohibov, 82), Eldor SHomurodov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 59), Igor Sergeev.
Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)
1. O'zbekiston 2 2 0 0 2-0 6
2. Eron 2 1 1 0 2-0 4
3. J.Koreya 2 1 1 0 3-2 4
4. Xitoy 2 0 1 1 2-3 1
5. Suriya 2 0 1 1 0-1 1
6. Qatar 2 0 0 2 0-3 0
Fikrlar
LEKIN SAVIYANI KUTARMASA BULMAYDI