10 noy 14:44
Yangiliklar
O'zbekiston sambo bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
"O'zbekiston 2026 yilgi Jahon chempionati mezboni! O'zbekiston sambo associaciyasi raisining o'rinbosari Islom Adilov navbatdagi mezbon sifatida FIAS bayrog'ini qabul qilib oldi", deyiladi tashkilot xabarida.
Eslatib shhtamiz, 7-9 noyabr kunlari Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tgan va unda O'zbekiston terma jamoasi 8 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Jahon chempionatida sovrindor bo'lgan sambochilarimiz:
Kumush:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
-72 kg: Gulina Obloqulova
+98 kg: Asror Hamidov
-65 kg: SHahzoda Azatova (jangovar sambo)
-64 kg: Oybek Soliev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-64 kg: Diyorbek Maydonov (parasambo).
Bronza:
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (jangovar sambo)
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo).




Fikrlar