25 sen 07:50
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:1. O'smirlarimiz Osiyo chempionatiga chiqa olishmadi
Saudiya Arabistonida o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bahslari yakunlandi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi so'nggi uchrashuvni mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahsda to'liq tashabbusga ega bo'lgan maydon egalari 80-daqiqaga kelib Hasan Al Alining golidan keyin hisobda ham ustunlikni aks ettirishdi.
Yakunda Iordaniya 10 ochko bilan guruh g'olibi, Saudiya Arabistoni 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etdi. O'smirlarimiz 7 ochko bilan uchinchi pog'onada qolib ketishdi va endi Osiyo chempionati hamyurtlarimizsiz o'tadi.
Havola :
O’xshash yangiliklar
15:46
World Boxing uchinchi bosqichi yakunlariga ko'ra Qozog'iston bizdan o'zib keta oladimi? (Jadval) 0
Fikrlar