So’nggi yangiliklar

16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0

17 fev 12:09
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisiga yangi o'rinbosar saylandi

Poytaxtimizdagi shaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida O'zbekiston shaxmat federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi.

Konferenciyada O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Unda o'tgan 2018 yilda shaxmatchilarimizning turli nufuzli musobaqalarda qo'lga kiritgan yutuqlari, federaciya nizomiga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar haqida malumot berildi.

Federaciya raisining birinchi o'rinbosari X.Turdialiev so'nggi yillarda yurtimizda shaxmat aholi orasida keng ommalashayotgani, natijada navqiron avlod ichidan istedodli sportchilar etishib chiqqan holda yuksak natijalarga erishayotganini takidladi.

Darhaqiqat, o'zbekistonlik shaxmatchilar so'nggi yillarda nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Sportchilarimiz 2018 yilgi sport mavsumida 70ga yaqin musobaqada qatnashib, 87ta oltin, 81ta kumush, 61ta bronza, jami 229ta medalni qo'lga kiritishdi. Yuksak natijalarga erishgan shaxmatchilar va ularning murabbiylari davlatimiz hamda shaxmat federaciyasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Konferenciyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 9 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar, joriy yilgi musobaqalarda sportchilarimizning munosib ishtirok etishlarini taminlash, iqtidorli shaxmatchilarni terma jamoa safiga qo'shish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala – federaciya raisiga o'rinbosar saylashdan iborat edi. SHu munosabat bilan mazkur lavozimga SHerzod Karimov nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, SH.Karimov O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining o'rinbosari lavozimiga saylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing