So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

16 sen 12:45
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston – SHveycariya 1:0. Istomin g'alaba bilan boshladi

Bugun tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi boshlandi.

Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etishyapti. Avval xabar berganimizdek, Toshkentga kelgan terma jamoa tarkibidan SHveycariya tennisining uch nafar eng kuchli raketka ustalari joy olmagan. Dunyoning uchinchi raketkasi, US Open-2016 g'olibi Sten Vavrinka, to'rtinchi raketka Rojer Federer hamda dunyo reytingida 144-pog'onadan joy olgan Marko Kyudinelli Toshkentga kelmagan.

Qura natijasiga ko'ra, bugungi yakkalik bahslarini Denis Istomin hamda Entoni Belerlar boshlab berishdi. Istomin dunyo reytingada 113, Beler esa 507-o'rindan joy olgandi. Uch setda 6:3, 6:2, 6:4 hitsobida g'alaba qozongan Istomin terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ayni daqiqalarda Sanjar Fayziev SHveycariyaning birinchi raketkasi Xenri Laksonenga qarshi kortga chiqqan. 25 yoshli Laksonen esa 138-pog'onani band etib turibdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing