17 sen 07:53
Yangiliklar

O'zbekiston – SHveycariya 1:1. Bugun juftliklar uchrashuvi
Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etyapti. Kechagi kungi bahslardan so'ng hisob 1:1 bo'lib turibdi. Avvaliga mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Entoni Belerni mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa Sanjar Fayziev Xenri Laksonenga uchchala setda ham bir xil 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bugun juftliklar bahsida Denis Istomin va Farrux Do'stov hamkorligi Adrien Bossel hamda Yoan Nikles tandemiga qarshi kortga chiqadi. Rejaga ko'ra, bu uchrashuv soat 12.00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.
SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Fikrlar