17 sen 14:35
Yangiliklar

O'zbekiston – SHveycariya 1:2. Juftlikda mag'lubiyatga uchradik
Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etyapti. Kechagi kungi bahslardan so'ng hisob 1:1 bo'lib turgandi. Avvaliga mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Entoni Belerni mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa Sanjar Fayziev Xenri Laksonenga uchchala setda ham bir xil 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Hozirgina yakuniga etgan juftliklar bahsida Denis Istomin va Farrux Do'stov hamkorligi Adrien Bossel hamda Xenri Laksonen tandemiga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, uch set davom etgan uchrashuvda tennischilarimiz 4:6, 2:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Ikkinchi kungi bahslardan so'ng terma jamoamiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lmoqda. Ertaga ikkita yakkalik uchrashuvlari o'tkaziladi.
Fikrlar