18 sen 14:20
Yangiliklar
Tennis

O'zbekiston – SHveycariya 2:2. Istomin umumiy hisobni tenglashtirdi
Hozirgina tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvining uchinchi kungi yakkalik bahslari ilk bahsi yakuniga etdi.
Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etyapti. Kechagi kungi bahslardan so'ng hisob 1:2 bo'lib turgandi. Hozir yakuniga etgan dramatik uchrashuvda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning birinchi raketkasi sifatida Toshkentga tashrif buyurgan Xenri Laksonenni 6:7, 7:6, 7:6, 7:5 hisobida mag'lub etib, umumiy hisobni tenglashtirdi - 2:2.
Birozdan so'ng so'nggi hal qiluvchi uchrashuv boshlanadi. Ushbu bahsda g'alaba qozongan tennischi o'z terma jamoasiga Jahon ligasi yo'llanmasini taqdim etadi. SHu paytgacha hali biror marta ham terma jamoamiz Jahon ligasida o'ynamagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar