So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

18 sen 18:09
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston – SHveycariya 2:3. Jahon ligasiga chiqish orzusi ushalmadi

Hozirgina tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi yakuniga etdi.

Afsuski, bu safargi urinish ham besamar yakunlandi. Terma jamoamiz Jahon ligasiga chiqish imkoniyatidan bu gal ham foydalana olishmadi. To'rtta uchrashuvdan hisob teng - 2:2 bo'lib turgandi. Lekin hal qiluvchi beshinchi uchrashuvda 18 yoshli tennischimiz Jo'rabek Karimovga tajriba etishmadi.

Entoni Belerga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz raqibiga 2:6, 4:6, 7:6(8:6), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jahon ligasiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Boisi, SHveycariya terma jamoasi tarkibida dunyo tennisi yulduzlari Sten Vavrinka, Rojer Federerlar kelishmagandi.

SHu tariqa, umumiy 3:2 hisobida g'alaba qozongan SHveycariya terma jamoasi Jahon ligasidagi o'rnini saqlab qoldi. Terma jamoamiz esa Osiyo-Okeaniya mintaqasining birinchi guruhida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 


Reyting:    

Fikrlar

+1   
19 sen 06:15:47
Pakhtakor 1956
Ushalmediyam bu orzu nmaga õyin amaliyoti kam Jõrabek Karimovni tuwurdi men tuwunmayabman nmaga unaqa qldi
+1   
19 sen 00:48:24
Chiroqchi sity
Chichib yuraverlaring... Xamma joyni bulgab!
   
19 sen 14:00:51
Feyajolk
QOYIL-E SHVEYSARIYALIKLAR BOSHIDAN BILISHGAN SHUNING UCHUN VAVRINKA VA FEDERER KELMOVDI.bunaqa imkoniyat 100 yilda ham kelmaydi endi.
   
18 sen 20:13:25
Jakhongir
Istomindan bowqa tennischi bo'magandan keyin nimayam bo'lardi
   
18 sen 18:11:29
Фэрганец
orzuligicha qolaveradi shu ketishi bolsa
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing