17 jan 14:10
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston Superligasi uchun titul homiy topildi
O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun federaciya binosida Yaponiyaning CBC Group kompaniyasinig Xalqaro ishlar bo'yicha prezidenti Aran Olsner bilan uchrashuv o'tkazdi.
CBC Group kompaniyasi turli ichimlik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, butun dunyoda o'z filiallariga ega.
O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uchrashuv chog'ida homiylik qilish, marketing va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. O'z o'rnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati o'zgargan va yangidan tashkil qilinayotgan O'zbekiston Superligasi uchrashuvlarida titul homiy bo'lishga qiziqish bildirayotganini malum qildi.
Bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar