13 noy 13:57
Yangiliklar
Taekvondo
O'zbekiston taekvondo federaciyasi rahbari “PTF Hall of Fame-2025” mukofoti bilan taqdirlandi
Filippinning Bagio shahrida Professional taekvondo federaciyasi (PTF) tomonidan tashkil etilgan “PTF Hall of Fame-2025” tadbiri bo'lib o'tdi.
Jahonning 25 dan ortiq mamlakati mutaxassis va murabbiylari, sport arboblari ishtirok etgan tadbirda taekvondoning turli yo'nalishlari bo'yicha grand-masterlar, milliy federaciyalarning mutasaddilari, murabbiylar va sportchilarga do'stlik, hamjihatlik va sport ruhini mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun sovrinlar topshirildi.
O'zbekiston taekvondo federaciyasi (ITF) rahbari G'ayrat Qosimov “PTF Hall of Fame-2025” mukofoti bilan taqdirlandi.



Havola :
Fikrlar