So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

20 iyu 17:17
Yangiliklar

Ot Sporti, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston tarixda birinchi marta Osiyo o'yinlarida ot sporti bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etadi

Sir emaski, ot sporti bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish o'ziga yarasha murakkabgina bo'lib qolmay, yaxshigina mablag' ham talab qiladi.

SHu boisdan sportning ushbu turi bo'yicha kompleks musobaqalarda qatnashuvchi mamlakatlar soni u qadar ko'p bo'lmaydi. Faqatgina o'zini hurmat qiladigan, qudratli sport mamlakatlarigina ot sporti bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni o'ziga ravo ko'rishi mumkin.

Quvonarlisi, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston ham ot sporti bo'yicha bellashuvlarda qatnashishga qaror qilgan. Bu ham mamlakatimizda sportning ushbu turiga etibor ortayotganidan darak beradi. Indoneziyadagi nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini konkur bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari G'ayrat Nazarov, Umid Kamilov, Oqil Sobirjonov, Nurjan Tuyakbaevlar o'z otlarida himoya qilishadi.

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik allaqachon boshlab yuborilgan. Deyarli bir oy oldin otlar tegishli karantin muddatini o'tash va veterinar tekshiruvidan o'tish uchun Germaniyaga jo'natildi. Kuni kecha chavandozlarimiz ham Germaniyaga etib borishdi va tajribali nemis mutaxassislari qo'l ostida seminarlarda qatnashishdi. U erda nazariy va amaliy mashg'ulotlar yakunlangach, sportchilarimiz Evropada xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. Bu esa albatta Osiyo o'yinlari oldidan tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

20 avgust kuni esa sportchilarimiz otlar bilan birgalikda Belgiyadan Indoneziyaga etib borishadi. O'sha erda sportchilarimiz tarixda ilk marotaba o'z otlari bilan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing