So’nggi yangiliklar

08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0

17 fev 19:14
Yangiliklar

Xokkey

O'zbekiston tarixda ilk bor xokkey bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi, jamoamiz taqvimi ham malum

18 yoshgacha bo'lgan yoshlarimiz 28 fevral - 6 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkaziladigan U-18 jahon chempionatining III divizionida (daraja bo'yicha ettinchi) ishtirok etadilar.

Bunga qadar O'zbekiston xokkey maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan U18 yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya Kubogida ikki marta g'olib bo'lib, hech bir o'yinda mag'lubiyatga uchramagan. Turnir 2023 yil mart oyida Ulan-Batorda (Mo'g'uliston) va 2024 yil aprel oyida Toshkent hamda Samarqandda (O'zbekiston) bo'lib o'tgan.

Jahon chempionatidagi debyut turnirida O'zbekiston yoshlari Janubiy Afrika Respublikasi, Lyuksemburg, Turkmaniston, Bosniya va Gercegovina hamda Tailand yosh jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Turnir taqvimi:

28 fevral, 14:30 — O'zbekiston -  Janubiy Afrika Respublikasi

1 mart, 14:30 — Lyuksemburg - O'zbekiston 

3 mart, 14:30 — Turkmaniston - O'zbekiston 

4 mart, 11:00 — O'zbekiston - Bosniya va Gersegovina

6 mart, 18:00 — Tailand - O'zbekiston 

Xalqaro Xokkey Federaciyasi (IIHF) turnirning so'nggi uchrashuvi sifatida Tailand va O'zbekiston jamoalari o'rtasidagi bahsni belgilagan, bu esa aynan shu ikki jamoa musobaqaning asosiy favoritlari sifatida ko'rilayotganini anglatadi.

Janubiy Afrika jamoasi autsayder sifatida ko'rilmoqda, Lyuksemburg esa o'tgan yilgi turnirni o'tkazib yuborgan. Qolgan uch raqib esa jiddiy raqobatchi bo'lishi mumkin.

Biz yoshlarimizga ishonamiz va umid qilamizki, CHexiyada mavsumni o'tkazgan Jasurbek Rustamxonov va Salohiddin Azimov ishtirokida kuchaygan jamoamiz jahon chempionatida munosib debyut qiladi hamda g'alaba va yuqori divizionga chiqish uchun kurashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing