16 iyu 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA, Og'ir atletika, Taekvondo, Parij-2024
O'zbekiston tarkibidagi to'rt nafar sportchi ikki karra Olimpiada chempioniga aylanishi mumkin
Roppa-rosa 10 kundan so'ng Parijda (Franciya) XXXIII yozgi Olimpiada o'yinlari boshlanadi.
Xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 19 ta sport turi doirasida 86 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Ahamiyatlisi, Parij Olimpiadasida O'zbekiston delegaciyasi tarkibida to'rt nafar Olimpiada chempionlari, xususan, Ulug'bek Rashitov, Akbar Jo'raev, Hasanboy Do'smatov va Bahodir Jalolov ishtirok etadi. Aynan ushbu sportchilarimiz Parijda ikki karra Olimpiada chempioni maqomini qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi.
Malumot uchun, O'zbekiston delegaciyasining Olimpiadadagi ishtiroki 24 iyul kuni boshlanadi. O'sha kuni futbolchilarimiz guruh bosqichidagi ilk o'yin doirasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar