18 iyu 19:15
Yangiliklar
Tennis
O'zbekiston tennis federaciyasi "Devis kubogi" oldidan tarkibga kirish uchun saralash turniri o'tkazadi
Avval xabar berganimizdek, 13-14 sentyabr kunlari Toshkentda tennis bo'yicha "Devis kubogi" musobaqasi doirasida O'zbekiston - Estoniya o'yini bo'lib o'tadi.
Mamlakat tennis federaciyasining malum qilishicha, ushbu o'yin oldidan saralash turniri o'tkaziladi. Unda g'olib bo'lgan tennischilar "Devis kubogi"da O'zbekiston sharafini himoya qilishdan tashqari bo'lajak turnirlarga ham Wild Cird yutib oladi.
Saralash turniri 5-11 avgust oralig'ida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tennis terma jamoasi "Devis kubogi"dagi so'nggi o'yinini fevral oyida Polshaga qarshi o'tkazib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : tennis.uz
Fikrlar