So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

06 mar 16:39
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston tennis federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston tennis federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

 Unda federaciyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala edi.


Konferenciyani O'zbekiston tennis federaciyasi Bosh kotibi, Osiyo tennis federaciyasi vice-prezidenti Iroda To'laganova olib bordi va dastlab federaciya faoliyatidagi yangiliklar, yutuq va kamchiliklar haqida hisobot o'qib-eshittirdi. SHundan so'ng federaciyaning yangi rahbarligiga O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Kudratullaevich Mirsoatov nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan maqullashdi va Alisher Mirsoatov O'zbekiston tennis federaciyasining yangi raisi deb elon qilindi. SHundan so'ng MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov hamda O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov nomzod haqida o'z fikrlarini bildirib, yangi rahbarning faoliyatida omad tilashdi.

“Tennis sport turida bizning boy tariximiz va ananalarimiz bor. Iroda To'laganova o'zbek tennisining haqiqiy afsonlaridan biri va hozirda biz bilan tennisni rivojlantirish yo'lida elkama-elka mehnat qilmoqda. Sir emaski, qaerda hukumat tomonidan etibor va qo'llab-quvvatlash bo'lsa, u albatta, o'z samarasini beradi. Hozirda davlatimiz tomonidan sport sohasini rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Aminmanki, bu etibor yaqin yillar ichida o'z samarasini beradi. Biz bu yilgi Olimpiadadan tashqari Parij-2024 bo'yicha ham tegishli reja ishlab chiqqanmiz. Yangi rahbaringizdagi ulkan tajriba bilan yuksak natijalarga erishishingizga ishonaman. SHu bilan birgalikda federaciyani uzoq yillar davomida boshqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorchilik izhor etaman. Aynan shu kishining boshqaruvida tennis federaciyasida ish darhaqiqat professional tarzda yo'lga qo'yildi. SHu munosabat bilan ijozatingiz bilan Rustam Rasulevichni federaciyaning faxriy prezidenti etib saylash taklifini kiritaman”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida konferenciya ishtirokchilari ushbu taklifni bir ovozdan maqullashdi va Rustam Inoyatov O'zbekiston tennis federaciyasining faxriy prezidenti etib saylandi.

SHundan so'ng, federaciyaning yangi rahbari Alisher Mirsoatov ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.    

“Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional ish olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali ishlash talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuch-g'ayratimni berib ishlashga vada beraman. Bilasizmi, televizorda bayrog'imizning yuqori ko'tarilgani, madhiyamiz yangraganini eshitganimda qalbim faxr va g'ururga to'lar edi. Endi mana shunday g'alabalarimiz tennis bilan yanada ko'payishi yo'lida astoydil mehnat qilamiz. Muhtaram prezidentimizning sportni qo'llab-quvvatlash yo'lida qaratayotgan etiborlari bilan barcha narsaga erisha olamiz”, – dedi Alisher Mirsoatov.

SHuning bilan, O'zbekiston tennis federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
06 mar 18:10:30
OLAMSPORT
иложи бўлса яхши ҳомийлар топиладиган бўлса ATP 250 серияли турнирни ATP Tour календар режасига киритиш керак
   
06 mar 18:08:49
OLAMSPORT
Тошкентда эркаклар ўртасида ўзи битта Челленжер бор эди, энди уям йўқ охирги 2 йилдан бери
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing