15 may 09:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/12597_220.jpg)
O'zbekiston terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Mazkur bellashuv O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Avvalroq Eron termasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan CHernogoriya futbolchilari bilan 4 iyun sanasida o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi. Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.
Malumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o'yindan keyin 1 ochko bilan so'nggi, 6-pog'onani band qilib turibdi.
Fikrlar