So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

28 apr 10:52
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston terma jamoasi bironta mag'lubiyatsiz Osiyo chempionati finaliga chiqdi + FOTOGALEREYA

Bugun Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining so'nggi kuni aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkazilyapti.

Xabar berganimizdek, qita chempionatining aralash jamoaviy bellashuvlarida Osiyoning 11 ta terma jamoasi bahslarga kirishdi. O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri 1/4 finaldan boshladi. Bu bosqichda Tojikiston terma jamoasi 4:0 hisobida mag'lub etildi. 

Og'ir vaznga o'tgan o'tgan Parij-2024 olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev Tojikiston terma jamoasi sardori Temur Rahimovni ippon bahosi bilan mag'lub etishni uddaladi. Tojikiston 1/8 finaldagi Markaziy Osiyo derbisida turkmanistonlik dzyudochilardan ustun kelgandi. 

Yarim finalda O'zbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasi dzyudochilariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:0. Kutilganidek, finaldagi raqib - Yaponiya! Kunchiqar yurt vakillariga qarshi kechadigan final bellashuvi bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi. 

Malumot uchun, o'tgan yili Gonkong davlatida o'tgan Osiyo chempionatining aralash jamoaviy bahslarida O'zbekiston bronza medallarini qo'lga kiritgandi.       

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing