So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

06 avg 17:32
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob qaytardi

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida futbol bo'yicha  O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Tadbir davomida argentinalik mutaxassis ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob qaytardi.
Kutib olinishi haqida

O'zbekistonda ekanligimdan xursandman. Meni tantanali tarzda kutib olishdi. Bundan juda hayratdaman. Bu erga kelishimda nafaqat O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati, balki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ham o'rni katta bo'ldi deb o'ylayman. Barchasi uchun katta rahmat.

Ish qay tarzda olib boriladi?

Birinchi navbatda barcha bilan tanishib olishim kerak. Buning uchun mamlakat chempionati uchrashuvlarini kuzatib boramiz. Maqsad sari barchamiz birlashib ish olib borishimiz kerak. O'yin uslubini futbolchilarga qarab tuzmayman, aksincha ular mening o'yin uslubim va falsafamga moslashishlari lozim bo'ladi.


SHartnoma qancha muddatga imzolandi?

Terma jamoa bilan 3+1 ko'rinishida shartnoma imzoladik. Men faqat milliy terma jamoaga javob beraman. Olimpiya terma jamoasini faqat kuzatishim mumkin. Oldimizga faqat ikkita asosiy maqsad qo'yilgan. Osiyo Kubogi-2019 da muvaffaqiyatli qatnashish hamda  2022 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish.

Nima uchun aynan O'zbekiston tanlandi?

Buning ikkita katta sababi bor. Birinchisi 23 yoshgacha bo'lgan mamlakat terma jamoasi Osiyo chempioni bo'ldi. Demak, salohiyat bor. Ikkinchidan, associaciya tomonidan qo'yilgan vazifa men uchun juda qiziq ko'rindi.



Jahon chempionatiga olib chiqa oladimi?

Men sehrgar emas, oddiy murabbiyman. Qisqa vaqt ichida mo'jizalar kutib bo'lmaydi. Men optimistman. Mabodo o'z ishimni yaxshi bajara olmasam xayrlashaman. Bu futbolda normal holat hisoblanadi. Ammo, men bor kuchim bilan ishlashga vada beraman. Ishimni uddalay olishimga ishonyapman. Agar o'zimga, qolaversa o'zbek futbolchilarining potencialiga ishonmaganimda ushbu taklifga rozi bo'lib o'tirmasdim.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing