05 jan 10:58
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston terma jamoasi bugun SHarjada mashg'ulot o'tkazadi
O'zbekiston terma jamoasi 3 kun davomida Dubay shahrida istiqomat qilib, mashg'ulot o'tkazdi.
Bugun jamoamiz delegaciyasi SHarja shahriga ko'chib o'tadi. Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 9 yanvar kuni aynan shu shaharda Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Ummonga qarshi o'yinni o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (19:00 Toshkent) SHarja shahridagi "SHarja Klub Al Xazana" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Ummon terma jamoasi esa bugun SHarjadagi "SHarja Universiteti" stadionida shug'ullanadi.
Eslatib o'tamiz, 8 yanvar kuni ikkala jamoa o'yin bo'lib o'tadigan "SHarja" stadionida rasmiy mashg'ulotda qatnashadi. 9 yanvar kungi bahs mahalliy vaqt bilan 17:30da (18:30 Toshkent) boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar