31 may 07:42
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Evropa Ochiq chempionatida 4ta medal qo'lga kiritdi
Musobaqada jahonning 40ta davlatdan 250 nafarga yaqin sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Bahslarda ishtirok etgan o'zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etib, 1ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Yoshlar o'rtasida -45kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan SHahzoda Mamadalieva 71kg toshni ko'tarib, oltin medal sohibasiga aylandi. -50kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muslima Nuriddinova esa 65kg natija bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda -55kg vazn toifasida Roza Qo'zieva 115 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, kumush medalni qo'lga kiritdi. -88kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Farxod Umirzoqov 180kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Fikrlar