20 okt 12:32
Yangiliklar
Gandbol
O'zbekiston terma jamoasi IHF Nations Trophy 2026 g'olibi bo'ldi
Toshkentda o'tkazilgan gandbol bo'yicha IHF Nations Trophy 2026 xalqaro musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.
Finalda vakillarimiz Turkmanistonni 21:16 hisobida mag'lub etdi.
Musobaqaning uchinchi o'rin uchun bahsida Pokiston terma jamoasi Qirg'iziston ustidan 33:23 hisobida g'alaba qozonib, bronza medallariga ega chiqdi.
Final uchrashuvida esa O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o'zaro bahs olib bordi. O'zbekiston gandbolchilari 21:16 hisobida zafar quchib, turnirning oltin medallarini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi IHF Nations Trophy 2026 musobaqasini birinchi o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar