So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

15 mar 18:42
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi

Teglar :  O'zbekistonFutbol
O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 6-turi oldidan Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli yig'ini davom etmoqda.


Kecha, 14 mart kuni Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o'yinlari uchun 23 futbolchidan iborat tarkibini elon qilgan edi. Bugun, 15 mart kuni esa terma jamoa azolari “Paxtakor” stadionida mashg'ulotlar o'tkazdi.

“Al-Jaish”da to'p surayotgan Sardor Rashidov terma jamoa ixtiyoriga bugun kelib qo'shildi.  Odil Ahmedov “SHanxay SIPG” bilan OCHL–2017 turnirida ishtirok etayotgani bois  Malayziyada terma jamoa ixtiyoriga qo'shiladi.  Moskvaning “Lokomotiv” klubida to'p surayotgan Vitaliy Denisov ham terma jamoa vakillari bilan Malayziyada ko'rishadi.

“Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov engil jarohat olgani tufayli individual tarzda mashg'ulotlar olib bordi. Qolgan futbolchilar umumiy guruhda shug'ullandi

Malumot uchun, terma jamoa 23 mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi. O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing