So’nggi yangiliklar

22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0 14:53Мексика президенти Эрон ўйинларининг кўчирилиши бўйича ФИФАнинг якуний қарори ҳақида гапирди 0 14:32Осиё чемпионати финалида боксчимизни мағлуб этган Нурбек Оралбай ўз фикрини билдирди 0 14:11Царукян Оливейра билан реванш ўтказмоқчи: "Унга BMF камари тўғри келмайди" 0 13:50Тайсон Фьюри: "Агар шундай бўлса, жамоамдагиларга мени "отиб ташланглар" дедим" 0

17 avg 12:12
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi o'yin o'tkazadi

Teglar :  FutbolEron
Avval xabar berilganidek, O'zbekiston futbol associaciyasi milliy terma jamoa uchun o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

2019 yil yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. SHu sababdan kuz oylaridagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, bir qator terma jamoalar bilan Toshkentda uchrashuv o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Jumladan, 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi poytaxtimizga tashrif buyursa, 11 sentyabr kuni o'zbekistonlik futbol muxlislari milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Eron futbol federaciyasi Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha O'FA taklifiga ijobiy javob qaytardi.

SHuningdek, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham samarali foydalanish rejalashtirilgan.  Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 13 oktyabr kuni SHimoliy Koreya, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda maydonga tushadi.

Bundan tashqari, O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi tomonidan noyabr oyidagi FIFA kunlarida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish uchun yana bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing