01 fev 07:30
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston terma jamoasi Turkiyada Rossiya klubi bilan o'ynaydi
O'zbekiston terma jamoasi 9-13 fevral kunlari Turkiyada navbatdagi xorijiy yig'inni o'tkazadi.
Terma jamoamiz delegaciyasi 8 fevral kuni Turkiyaga uchib ketadi. 10 fevral kuni O'zbekiston Rossiyaning "Amkar" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Oldinroq Armaniston bilan o'tkazilishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi Armaniston FF tashabbusi bilan bekor qilingandi.
Malumot uchun, "Amkar" Rossiya Premer-ligasida 17-turdan so'ng 27 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Jamoani ayni paytda Gadji Gadjiev boshqarmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar