30 noy 08:19
Yangiliklar
O'q otish
O'zbekiston terma jamoasi Turkiyada yig'in boshladi
O'zbekiston kamondan otish federaciyasi Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga nafaqat licenziya qo'lga kiritish, balki sovrinli o'rinlardan biriga ega chiqishni maqsad qilgan.
Bu yo'lda kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sportchilariga shart-sharoitlar yaratilib, turli yig'inlar tashkil etib berilmoqda. Ana shunday yig'inlarning navbatdagisi Turkiyaning Samsun shahrida o'tkaziladi.
O'quv-mashg'ulot yig'inida vakillarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:
Sardor Rustamov
Zokirjon Gafurov
Jamshid Sodiqov
Munira Nurmanova
Ziyodaxon Abdusattorova
Kamola Yunusova
Murabbiylar:
Gulnora Aripova
Vladimir Lekvishvili.
Yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar