16 dek 18:50
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasini Osiyo Kubogi yarim finaliga olib chiqqan murabbiy futboldan chetlatildi
O'zbekiston futbol federaciyasi Intizom kodeksi 2-bo'limining klublar boshliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni so'zsiz ijro etish va Ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston futbol federaciyasi hamda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni noto'g'ri talqin qilinishi holatlarini oldini olish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda bayon etilishicha, O'zbekiston futbol federaciyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O'FF va O'zPFL hamda ularning rasmiylari shaniga nisbatan noto'g'ri fikrlar bildirganligi, O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo'yicha keng jamoatchilik o'rtasida nosog'lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo'layotganligi uchun, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Intizom kodeksi 2-bo'limining “d” kichik bandiga muvofiq, “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirildi.
Fikrlar