So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

08 jan 10:10
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoasining raqibi – Qatar Moldova bilan o'ynaydi

O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralash bosqichidagi raqibi Qatar terma jamoasi 17 yanvar kuni Moldova terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Qatar terma jamoasi Moldova terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, ikkala terma jamoa ishtirokidagi o'yin 17 yanvar kuni Qatar poytaxti Doxa shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi yana bir raqibi – Eron terma jamoasining bugun Marokashga qarshi o'tkazilishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi nomalum sabablarga ko'ra qoldirilgan. Ayni damda, Karlush Keyrush bosh murabbiyligidagi Eron terma jamoasi saralash o'yinlariga BAAning Dubay shahrida tayyorgarlik ko'rayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.



Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham rasmiy o'yinlar oldidan bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, dastlab 23 yanvar kuni BAAdagi yig'in doirasida Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilsa, 12 fevral kuni Turkiyada Armaniston terma jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing