So’nggi yangiliklar

19:07Левченко Ўзбекистон чемпионлигини қўлга киритган 21-мураббий бўлди 0 18:44Формула-1. Макс Ферстаппен Лас-Вегас Гран-приси ғолиблигини қўлга киритди 0 18:20Шуҳрат Салаев Бангкок Гран-при Челленжи ғолибига айланди 0 17:56Тагир Уланбеков Ҳоригучига қарши мағлубиятдан сўнг илк бор пост қолдирди 0 17:28Расман: АҚШ ЖЧ иштирокчиси ҳисобланган давлат ишқибозларини мамлакатга киритмайди 0 17:00Гусковга ютқазган Никита Крилов UFC 324 турнирида жанг қилади 0 16:38Жавоҳир Синдаров Жаҳон кубоги финалига йўл олиш билан бирга Номзодлар турнири иштирокчисига айланди 0 16:02Царукян: "Сешанба куни UFC'дан анонс кутаман" 0 15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0

15 mar 13:39
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston terma jamoasining Senegal va Marokashga qarshi o'yinlarga to'rt nafar murabbiy bilan boradi

Avval xabar berilganidek, O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 va 27 mart kunlari Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi, JCH-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Mana shu o'yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yo'qligini inobatga olgan holda, O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tuzilgan tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Temur Kapadzega O'zbekiston milliy terma jamoasini bo'lajak o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlashga yordam beradi.

Murabbiylar kengashidan “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov, “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze va “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev joy olgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yig'inni boshlashadi, keyin esa Mirjalol Qosimov, SHota Arveladze, Ro'ziqul Berdiev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yo'l olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing