23 may 10:27
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi istefoga chiqarildi
Rossiyaning “Tyumen” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vladimir Maminov bilan kelishuvni bekor qildi.
Maminov Sibir klubini 2017 yilning 31 avgustida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 28 ta uchrashuv o'tkazib, 8ta o'yinda g'alaba qozongan, shuncha uchrashuvda durang qayd etgan. O'n ikkita bahsda tyumenliklar mag'lubiyat alamini tatib ko'rishgan.
Natijada “Tyumen” Rossiya Premer ligasidan keyingi o'rinda turuvchi Milliy futbol ligasida 19-o'rinni band etib, musobaqani tark etdi.
Havola :
Fikrlar