14 mar 14:04
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatarga qarshi o'ynaydigan futbolchilari malum bo'ldi
23 mart kuni milliy terma jamoa Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs
olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo'lajak o'yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Egor
Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”),
Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun
Yatay”, Xitoy), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”).
Yarim himoyachilar:
Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jaloliddin
Masharipov (“Lokomotiv”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov
(“SHanxay SIPG”, Xitoy), Aziz Haydarov (“Ash-SHabab”, BAA), Vadim Afonin
(“Orenburg”, Rossiya), Salamat Qutiboev (“Lokomotiv”), Server Jeparov
(“Sepahon”, Eron), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov
(“Al-Jaish”, Qatar).
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar).
Avvalroq O'zbekiston termasining bo'lajak raqiblari – Suriya va Qatar ham tarkiblarini elon qilgandi.
Eslatib
o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi
5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko
to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turgan bo'lsa, Qatar 4 ochko
bilan beshinchi pog'onada bormoqda.
Fikrlar