07 sen 21:25
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining tarkibi ham malum
O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi. SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.
Dunyoning mos ravishda uchinchi va to'rtinchi raketkalari Sten Vavrinka va Rojer Federersiz harakat qiladigan SHveycariyaga qarshi kortga chiqadigan O'zbekiston terma jamoasining tarkibi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Denis Istomin (107), Farrux Do'stov (235), Sanjar Fayziev (641) hamda Jo'rabek Karimov (865)lar terma jamoamiz tarkibida SHveycariyaga qarshi bahs olib borishadi.
Rasmiy saytda berilgan “zayavka”da SHveycariya terma jamoasi tarkibidan Genri Laksonsen (161), Adrien Bossel (472), Antoni Beler (537) hamda Yoan Nikles (890)lar joy olgan.
Fikrlar