15 okt 21:45
Yangiliklar

O'zbekiston - Tojikiston - 2:1. Yoshlarimiz g'alaba bilan boshlashdi
D guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi qita chempionatidagi yurishini irodali g'alaba bilan boshladi. Tojikiston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Jasur Abduraimov shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda Avstraliya terma jamoasi xitoylik tengqurlarini 1:0 hisobida taslim etishdi.
O'ZBEKISTON (U-19) – TOJIKISTON (U-19) - 2:1 (0:1)
Manama. “Xalifa Sports Siti” stadioni.
Gollar: Karomatullo Saidov 19, - 0:1. Saidjamol Davlatjonov 67, - 1:1.Jasur Yaxshiboev 72, - 2:1.
O'zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Xojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Aziz G'aniev, Sanjar Qodirqulov (Saidjamol Davlatjonov, 46), Jasur Yaxshiboev, SHarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Bekzod G'anijonov (Bobir Abdixoliqov, 46), Nurillo To'xtasinov (Jamshid Yusupov, 46).
Tojikiston (U-19): Behruz Xayriev, Tabrizi Davlatmir, Dorobjon Ergashev, Karomatullo Saidov, Hasan Muhammadjoni (Daler Yodgorov, 74), Muhsinjon Parpiev, Nuriddin Xamroqulov, Vahdat Xanonov, Zoir Jo'raboev, Panshanbe Ehsoni (Xojiboy Ziyoev, 75), Azimjon Rahmonov.
Hakamlar: Nivon Robesh Gamini, Udayakanta (ikkisi SHri Lanka), Jeffri Gox, Muhammad Taqi (ikkisi Singapur)
Ogohlantirishlar: Karomatullo Saidov 20, SHarof Muhitdinov 27, Vahdat Xanonov 90+2.
Fikrlar