So’nggi yangiliklar

09:37Араб Кубоги. Иорданияни иродали тарзда мағлуб этган Марокаш бош соврин соҳиби бўлди 0 09:16Супероғир вазнли Энтони Жошуани вазн ташлашга мажбур қилишди. Нега? 0 08:55Арман Царукян Куат Хамитовнинг чақирувини қабул қилди 0 08:34Жейк Пол Жошуа билан face to face маросимда қорнини чиқариб олди + ФОТО 0 08:13Туркия Кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида ягона гол эвазига "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди 0 07:5221 яшар ҳамюртимиз Rossa Racing таркибида Дубайдаги 24 соатлик пойгада иштирок этади + ФОТО 0 07:31Украиналик аралаш яккакурашчига UFC’даги иккинчи жанг берилди 0 18:18"У унчалик ҳам кучли эмас". Хоакин Бакли Шавкат Раҳмоновга бўлган муносабатини очиқлади 0 17:57Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр 0 17:36Оғир атлетикачиларимиз Қатар кубогида қатнашади 0 17:15Америкалик UFC жангчиси Шавкат Раҳмонов ҳақида: "Ундан кўра мен Ўзбекистонга яқинроқман" 0 16:54Илҳом Назимовнинг рақиби ўзгарди. Ҳамюртимиз энди RIZIN чемпионлик камари учун жанг қилади! 0 16:33Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди 0 16:12"Сени таслим этишларини сабрсизлик билан кутяпман". Фьюри Пол билан жанг олдидан Жошуага мурожаат қилди 0 15:51"Имкон бўлса уни ўлдираман". Жошуа — Жейк Пол билан бўлажак жанг ҳақида 0

27 fev 14:17
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston & Turkiya: sport sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanadi

Teglar :  Vazirlik
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi delegaciyasi shu yil 22-23 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilgan “Ananaviy sport turlari va o'yinlarini qo'llab-quvvatlashda hukumatlar ahamiyati” mavzusidagi III Xalqaro etnosport Forumida ishtirok etdi.

Malumki, joriy yil Turkiyada Butunjahon ko'chmanchilar sport o'yinlari o'tkaziladi. Unda yurtimiz sport delegaciyasi ham qatnashishi rejalashtirilgan. O'z navbatida hukumatimiz tomonidan O'zbekistonning ushbu nufuzli sport tadbirida munosib ishtiroki etishi belgilangan.

III Xalqaro etnosport forumida Osiyo, Evropa, Afrika qitalaridagi 46 ta davlatdan 200 nafardan ortiq delegat qatnashdi. SHuningdek, Forumni BMT hamda “YUNESKO” vakillari ham kuzatib borishdi.

Forumda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turkiya yoshlar va sport vazirligi, Butunjahon etnosport konfederaciyasi hamda 8 ta davlat sport vazirlari o'rtasida milliy sport turlari va o'yinlari shuhratini oshirish, ular bilan bog'liq sport tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash, bu sohada davlatlar o'rtasida institucional hamkorlikni kengaytirish bo'yicha “Qo'shma bayonot” imzolandi.

Sir emaski, O'zbekistonda etnosportni yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Qolaversa, milliy sport turlarimiz – kurash, belbog'li kurash, o'zbek jang sanati va “Turon” sport kurashi va boshqa turlarni ham dunyo xalqlari orasida yanada ommalashtirish yo'lida sezilarli yutuqlarga erishilayotir.

Forum doirasida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turkiya yoshlar va sport vazirligi o'rtasida sport sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumning imzolanishi ikki mamlakat sportchilari hamda xalqlari o'rtasida hamkorlik aloqalarini, o'zaro anglash va do'stlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Unga ko'ra tomonlar sport muassasalari, oliy sport talim muassasalari, sport federaciyalari (uyushmalari) va boshqa sport tashkilotlari o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida o'zaro almashinuv dasturlari, tajriba va axborotlarni quyidagi ustuvor yo'nalishlar bo'yicha qo'llab-quvvatlaydi va rag'batlantiradi:

- oliy sport yutuqlari;

- sportda ilm-fan, talim, tibbiyot va ovqatlanish;

- ommaviy sport;

- sport texnologiyalari va sport infratuzilmasi;

- nogironlar sporti;

- sportni boshqarish;

- sportda dopingga qarshi kurashda hamkorlik qilish;

- sport turizmi salohiyati va imkoniyatlarini targ'ib qilishni qo'llab-quvvatlash;

- sport tadbirlari orqali jamoalar, federaciyalar, klublar va barcha manfaatdor tomonlar o'rtasida sport turizmi faoliyatini rivojlantirish va rag'batlantirish;

- barcha sport turlari bo'yicha hamkorlik.

SHuningdek, uchrashuvda ikki davlat sport federaciyalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, birgalikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, bolalar futbolini rivojlantirish, sport mutaxassislari malakasini oshirish, turk investiciyalarini jalb etish va engil konstrukciyali energiya tejovchi sport obektlarini qurish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida ikki vazirlik o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Turkiya yoshlar va sport vaziri M.M.Kasapo'g'lu O'zbekiston va Turkiya o'rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, uni imzolash uchun O'zbekiston Respublikasiga yaqin kunlarda tashrif buyurishini malum qildi.

Turkiya yoshlar va sport vaziri taklifi bilan O'zbekiston sport delegaciyasi Turkiyadagi sport tadbirlari va o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkaziladigan sport inshoatlari va sport turizm obektlari bilan ham tanishtirildi.

Tadbir doirasida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Butunjahon etnosport konfederaciyasi prezidenti N.B.Erdog'an bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda O'zbekiston tomoniga milliy sport turlari va o'yinlari shuhratini oshirish, shuningdek O'zbekistonning boy madaniy merosi va ananalarini namoyish etish hamda turizm industriyasini rivojlantirish maqsadida 2020 yilda qadimiy Xiva shahrining Ichan qala majmuasida etnosport festivalini o'tkazishni taklif qildi. SHuningdek, tomonlar Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) orqali hamkorlikni rivojlantirish uchun takliflar kiritishga kelishib oldi.

Butunjahon etnosport konfederaciyasi prezidenti O'zbekistonda sport sohasida olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, mamlakatimizni o'rnak olishga arziydigan davlatlar sifatida etirof etdi.

Bundan tashqari, Turkiya safari davomida Dilmurod Nabiev Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Azat Ragimov bilan ham uchrashdi. O'zaro muloqot chog'ida O'zbekiston delegaciyasi rahbari so'nggi yillarda Ozarbayjon bilan sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari biroz susayganini alohida takidlab, o'zaro do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda sport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

O'z navbatida Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini takidlab, O'zbekiston bilan munosabatlarni yuqori darajaga olib chiqishga tayyorligini aytib o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar esdalik sovg'alari bilan almashdi.

Pokiston Islom Respublikasi Sport kengashi raisi, Dr.Fehmida Mirza, Qirg'iziston Respublikasi Yoshlar, jismoniy talim va sport agentligi o'rinbosari K.Arpachiev va Qozog'iston etnosport associaciyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazilib, sport sohasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Turkiyaning “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi bilan uchrashuv o'tkazilib, kompaniya tomonidan qurilgan sport inshootlari bilan tanishildi. SHundan so'ng, O'zbekistonda engil konstrukciyali energiya tejamkor va ob-havo sharoitiga mos bo'lgan sport inshootlari va sport maktablarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish jarayoni ketayotganligi bildirilib, ushbu yo'nalish bo'yicha hamkorlik takliflarini ko'rib chiqishga tayyor ekanligi bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing