20 iyu 07:50
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston Turkiyada "Zob Ohan"ga yutqazdi
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi nazorat o'yini doirasida Eronning "Zob Ohan" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "Zob Ohan" bilan bo'lgan uchrashuvda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi bo'limda darvozada Ignatiy Nesterov turgan. Tanaffusdan keyin esa Aleksandr Lobanov darvozani qo'riqlagan.
"Zob Ohan" klubining Instagramdagi sahifasida uchrashuvdan olingan surat joylangan. "Zob Ohan" jamoasi g'alaba to'pini ikkinchi bo'limda aynan Lobanovning qo'pol xatosidan keyin kiritgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar