So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

23 avg 09:13
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston U-16 Butunjahon Olimpiadasi vice-chempioni!

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar (U-16) o'rtasida o'tkazilgan Butunjahon Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning 45 davlatidan jami 90 ta jamoa bosh sovrin uchun bahs olib bordi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqada o'rtacha reyting bo'yicha 2-o'rinda qayd etilgan edi va yakunda o'ringa mos tarzda O'smirlar Olimpiadasining kumush medaliga sazovor bo'ldi. 

Xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro sport ustalari Humoyun Begmuratov (2435), Muhammadzohid Suyarov (2356), FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov va ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova Olimpiada vice-chempionlariga aylanishdi.  

Olimpiadaning so'nggi kuni 9-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Unda o'smirlarimiz Italiya terma jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 4:0. Birinchi doskada peshqadam FIDE 1 jamoasi FIDE 2 shaxmatchilaridan 3,5:0,5 hisobida ustun keldi. 

Barcha 9 ta uchrashuvda g'alabaga erishgan va reyting bo'yicha ham birinchi o'rinda bo'lgan FIDE 1 terma jamoasi Butunjahon O'smirlar Olimpiadasi chempionligini qo'lga kiritdi. Biz singari 14 ochko jamg'argan Qozog'iston terma jamoasi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra bronza medaliga sazovor bo'ldi. 14 ochkoga ega Xitoy 4-o'rinni band etdi. O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadada 7 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etdi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing