03 mar 17:24
Yangiliklar

O'zbekiston U-18 terma jamoasi bu safar Turkmanistonni "er tishlatdi"
III divizionning B guruhida ishtirok etayotgan yoshlarimiz bu safar Turkmaniston termasiga qarshi muzga chiqdi.
Bangkok shahridagi (Tailand) International Ice Hockey Arena majmuasida bo'lib o'tgan o'yinda vakillarimiz yirik 8:2 hisobida zafar quchdi.
Bu terma jamoamizning musobaqa doirasidagi uchinchi g'alabasiga aylandi. Hozircha xokkeychilarimiz turnir jadvalida birinchi bo'lib turishibdi. Jasurbek Rustamxonov esa yakka to'purarlikni davom ettiryapti (9+7).
O'zbekiston U-18 termasining JCHdagi keyingi o'yini ertaga 11:00 da Bosniya va Gercegovina yoshlariga qarshi bo'lib o'tadi.
III divizion, B guruhi (3- tur)
Tailand, Bangkok.
O'zbekiston - Turkmaniston 8:2 (4:2, 3:0, 1:0)
Gollar: Rustamxonov, Hamitov (Turkmaniston), Kamolov, Popov, Durdiev (Turkmaniston), Rustamxonov, Ravshanov, Dadaxo'jaev, Azimov, Rustamxonov.
Fikrlar