05 may 12:20
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlaridan revansh oldi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlariga ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kecha esa bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bahs bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston yoshlari raqibi ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonib ilk mag'lubiyat uchun revansh olishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar