24 mar 10:15
Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi
“Xamad Bin Halifa” stadionida o'tkazilgan bellashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi jamoa 3:1 hisobida zafar quchdi. O'zbekiston U-22 safida barcha gollarga Zabihillo O'rinboev mualliflik qildi.
O'zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Kanada yoshlariga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin 25 mart, shanba kuni bo'lib o'tadi.
Mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'ini Jasur Abduraimov jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
O'rtoqlik uchrashuvi. Qatar, Doha
Qatar U-22 – O'zbekiston U-22 - 1:3
Gollar: Zabihillo O'rinboev (1, 55, 60)
O'zbekiston: Botirali Ergashev (Umid Ergashev, 85), Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Husniddin G'ofurov (Islom Qobilov, 85), Abdujamol Isroilov (Xojiakbar Alijonov, 85), Aziz G'aniev (Hurshid G'iyosov, 52), Jasur Yaxshiboev (Begzod G'anijonov, 75), Jamshid Yusupov (Javohir Siddiqov, 29), Javohir Kahramonov (Dostor Ibragimov, 75), Akramjon Komilov (Xushnudbek Avilov, 85), Zabihillo O'rinboev (Andrey Sidorov, 75).
Fikrlar